Revelation of John 3
Sardis shahridagi imonlilar jamoatiga
1“Sardisdagi imonlilar jamoatining farishtasiga ▼▼ jamoatining farishtasi — 1:20 izohiga qarang.
yoz:Xudoga xizmat qiladigan yetti ruhni Boshqaruvchi, qoʻlida yetti yulduzni Tutguvchi shunday demoqda: sening ishlaringni bilaman. Seni tirik deyishadi, ammo oʻliksan. 2Sening ishlaring Xudoyim nazarida tugal emasligini bildim. Uygʻon! Jamoating nobud boʻlmoqda. Imonini saqlab qolganlarga ▼▼ Imonini saqlab qolganlar — shu bobning 4–oyatiga qarang.
qoʻshilib, jamoatingni mustahkamla. 3Nimani eshitib oʻrgangan boʻlsang eslagin. Oʻshalarga rioya qilgin. Gunohlaringdan tavba etgin. Agar uygʻonmasang, Men ustingga oʻgʻriday bostirib kelaman. Sen esa qaysi soatda kelishimni bilmaysan. 4Biroq Sardisda oʻz kiyimlarini bulgʻamagan bir necha odamlaring qolgan. Ular Men bilan birga oq kiyimda yuradilar, ular bunga loyiqdirlar. 5Gʻolib kelganlar ular singari, shunday oq kiyim kiyadilar. Men ularning nomlarini hayot kitobidan ▼▼ hayot kitobi — Xudo Oʻziga tegishli boʻlganlarning ismlarini yozib qoʻygan kitob (20:11-15 ga qarang).
oʻchirmayman, Otam Xudo va Uning farishtalari oldida nomlarini tan olaman. 6Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.” Filadelfiya shahridagi imonlilar jamoatiga
7“Filadelfiyadagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz:Shoh Dovudning kaliti ▼▼ Shoh Dovudning kaliti — shoh Dovud avlodidan boʻlgan Isoning Masih sifatidagi hokimiyatiga ishora. Iso bu hokimiyati bilan Unga ishonganlarning hammasiga Xudoning Shohligi darvozasini ochib berishga qodir.
muqaddas va haq Zotdadir. U eshikni ochganda, uni hech kim bekita olmaydi. U bekitganda, hech kim ocholmaydi. Oʻsha Zot shunday demoqda: 8sening ishlaringni bilaman. Mana, oldingda bir eshik ochdim, uni hech kim bekita olmaydi. Kuching kamligini Men bilaman. Shunga qaramay, sen soʻzimga rioya qilding, Mendan tonmading. 9Shayton toʻdasidan boʻlganlarni nima qilishimni oʻzing koʻrasan. Ular oʻzlarini Xudoning xalqi deb ataydilar, ammo gaplari yolgʻon, ular Xudoning xalqi emaslar ▼▼ Ular oʻzlarini Xudoning xalqi deb ataydilar…ular Xudoning xalqi emaslar — yunoncha matnda Ular oʻzlarini yahudiy deb ataganlar…ular yahudiy emaslar (2:9 ning ikkinchi izohiga qarang).
. Men ularni shunday koʻyga solamanki, kelib sening oyogʻingga yiqiladilar. Men seni qanchalik sevganimni bilib oladilar. 10Sen Mening sabrli boʻlish haqidagi amrimga itoat etding. Shunday ekan, yer yuzida yashovchilarni sinash uchun yuboriladigan kulfat vaqtidan Men seni asrayman. 11Men tezda kelaman. Imoningda mahkam tur, toki hech kim tojingni tortib olmasin. 12Gʻolib kelganlarni Men Xudoyimning Maʼbadida ustun qilaman. Shunda ular zinhor Maʼbadni tark etmaydilar. Ularning peshanalariga Men Xudoyimning nomini va Xudoyimga qarashli shaharning nomini yozaman. Bu shahar — Xudoyim samodan yuboradigan yangi Quddusdir. Gʻolibning peshanasiga Men Oʻzimning yangi nomimni ham yozaman. 13Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.” Laodikiya shahridagi imonlilar jamoatiga
14“Laodikiyadagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz:Ishonchli va haq Shohid, Xudo yaratgan borliqning Asoschisi ▼▼ Xudo yaratgan borliqning Asoschisi — Yuhanno 1:3, Kolosaliklar 1:15-17 ga qarang.
, Omin ▼▼ Omin — bu oʻrinda unvon boʻlib, maʼnosi ishonchli, haq.
deb nom olgan Zot shunday demoqda: 15sening ishlaringni bilaman, sen na sovuq va na issiqsan ▼▼ na sovuq va na issiqsan — Laodikiya shahri oʻz suvlari bilan mashhur boʻlgan Giyerapolis va Kolosa shaharlari orasida joylashgan edi. Giyerapolis shahri shimol tomonda, tibbiyotda ishlatilgan issiq buloq suvlari bilan mashhur boʻlgan. Kolosa shahri esa janubi–sharq tomonda, oʻzining toza, muzday suvlari bilan mashhur boʻlgan. Laodikiyaning oʻzida yaxshi suv manbai yoʻq edi. Iso Masih mana shularni nazarda tutib, Laodikiya shahridagi imonlilarni ogohlantiryapti. Ularning ruhiy hayoti na sovuq suvga, na issiq suvga oʻxshardi, bemaza ili–miliq suvday boʻlib qolgandi. Ular atrofidagilarga yordam bermas edilar, boshqalarga foydalari tegmas edi.
. Eh, qaniydi, yo sovuq, yo issiq boʻlsang! 16Sen issiq ham, sovuq ham emas, balki iliq boʻlganing uchun Men seni qusib yuboraman. 17Sen: «Boyman, oʻzimga toʻqman, hech narsadan kam–koʻstim yoʻq», — deysan. Aslida esa ayanchli, achinarli ahvolda ekaningni, qashshoq, koʻr va yalangʻoch ekaningni bilmaysan! 18Senga maslahat beraman: boyishing uchun Mendan olovda toblangan oltinni sotib ol. Sharmandali yalangʻochligingni yopish uchun egningga oq kiyim, koʻrishing uchun koʻzlaringga surtadigan malhamni Mendan sotib ol ▼▼ …oltinni…oq kiyim…koʻzlaringga surtadigan malhamni… — kinoyali tomoni shundaki, mana shu uch narsa Laodikiya aholisining faxri boʻlgan. Ularning shahri oʻz boyligi, gazmol ishlab chiqarish sanoati va dunyoga keng tarqalgan koʻzga shifo beradigan malhami bilan mashhur edi.
. 19Men kimni sevsam, aybini koʻrsataman, tarbiyalayman. Shunday ekan, shijoatli boʻl, gunohlaring uchun tavba qil. 20Mana, Men eshik oldida turib, taqillatyapman. Kim ovozimni eshitib eshikni ochsa, Men oʻshaning oldiga kiraman. Men u bilan va u Men bilan ovqatni baham koʻramiz. 21Gʻolib kelganlarni Men yonimda, taxtimda oʻtirishga haqli qilaman. Zotan, Men ham gʻolib kelganimda Otam Xudo bilan birga Uning taxtida oʻtirdim. 22Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”
Copyright information for
UznUzbL