Revelation of John 5
Muhrlangan oʻrama qogʻoz va Qoʻzi
1Men taxtda oʻtirgan Zotning oʻng qoʻlida bir oʻrama qogʻozni ▼▼ oʻrama qogʻoz — qadimgi paytlarda kitoblar oʻrama shaklda boʻlgan.
koʻrdim. Oʻramning oldi va orqa tomonlarida yozuvlari bor boʻlib, u yettita muhr bilan muhrlangan edi. 2Soʻng men kuchli bir farishtani koʻrdim. U baland ovozda: “Muhrlarni yechishga, oʻramni ochishga kim loyiq?” deb soʻradi. 3Biroq na osmonda, na yer yuzida, na yer ostidagi olamda oʻramni ocha oladigan yoki ichiga nazar sola oladigan biron kimsa bor edi. 4Men achchiq–achchiq yigʻlay boshladim, chunki oʻramni ochishga, hatto uning ichiga nazar solishga loyiq biron kimsa topilmagandi. 5Shunda oqsoqollardan biri menga dedi: “Yigʻlama! Ana qara, Yahudo qabilasidan boʻlgan Sher — Dovud urugʻidan chiqqan Zot ▼▼ Yahudo qabilasidan boʻlgan Sher — Dovud urugʻidan chiqqan Zot — yaʼni Masih boʻlgan Iso (Ibtido 49:9-10, Ishayo 11:1, 10 ga qarang).
gʻalaba qozondi. U oʻramning yettita muhrini yechishga va oʻramni ochishga qodirdir.” 6Shunda men taxtning oldida, toʻrtta jonli mavjudot va oqsoqollar qurshovida turgan bir Qoʻzini koʻrdim. U goʻyo boʻgʻizlanganday edi. Qoʻzining yetti shoxi va yetti koʻzi bor edi. Bular Xudo butun yer yuziga yuborgan yettita ruhdir. 7Qoʻzi kelib, taxtda oʻtirgan Zotning oʻng qoʻlidan oʻramni oldi. 8U oʻramni olganda, toʻrtta mavjudot va yigirma toʻrt oqsoqol Qoʻzining oldida muk tushishdi. Har birining qoʻlida bir arfa va xushboʻy tutatqilarga toʻla oltin kosalar bor edi. Xushboʻy tutatqilar — Xudo azizlarining duoyu ibodatlari demakdir. 9Ular quyidagicha yangi qoʻshiq aytishar edi:“Sen oʻramni olishga,Uning muhrlarini yechishga loyiqsan!
Chunki Sen boʻgʻizlangan eding,
Oʻz qoning evaziga har bir qabila, millat, elatu xalqdan
Xudo uchun odamlarni qutqarib olding.
10Ulardan Shohlik yaratding,
Ularni Xudoyimizga xizmat qiladigan
Ruhoniylar qilib tayinlading.
Ular yer yuzida hukm suradilar.”
11Keyin men taxtning, mavjudotlar va oqsoqollarning atrofida koʻp farishtalarni koʻrdim, ularning ovozlarini eshitdim. Ularning sanogʻiga yetib boʻlmas, ming–minglab, oʻn minglab edilar. 12Ular baland ovozda shunday derdilar:“Boʻgʻizlangan Qoʻzi hamdlarga loyiqdir!
Kuchu davlat, donoligu qudrat Sohibiga
Shon–sharaflar boʻlsin!”
13Shunda men yeru osmondagi, yer ostidagi, dengizdagi jamiki jonzotlarning ovozlarini eshitdim. Ularning hammasi shunday deb kuylayotgan edilar:“Taxtda oʻtirgan Zotga va Qoʻziga
Abadulabad hamdlar boʻlsin!
Bu qudrat Sohiblariga
Abadulabad shon–sharaflar boʻlsin!”
14Toʻrtta mavjudot: “Omin!” — dedi. Oqsoqollar esa muk tushib, sajda qildilar ▼
▼ sajda qildilar — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida to abad barhayot Zotga sajda qildilar.
.
Copyright information for
UznUzbL