‏ Revelation of John 8

Yettinchi muhr

1Qoʻzi yettinchi muhrni yechganda, samo yarim soatcha sukunatda qoldi. 2Men Xudoning huzurida turgan yettita farishtani koʻrdim. Ularning har biriga bittadan karnay berildi.

3Boshqa bir farishta kelib, qurbongohning oldida turdi. Uning qoʻlida oltin olovkurak bor edi. Unga koʻp xushboʻy tutatqilar berildi. U bu tutatqilarni barcha Xudo azizlarining ibodatlariga qoʻshib, taxt oldida turgan oltin qurbongoh ustida nazr qilishi kerak edi. 4Tutatqilarning tutuni Xudo azizlarining ibodatlari bilan birga farishtaning qoʻlidan yuqoriga — Xudoning huzuriga koʻtarildi. 5Farishta olovkurakni olib, uni qurbongohdagi otash bilan toʻldirdi–da, yer yuziga uloqtirib yubordi. Oʻshanda momaqaldiroqning gulduros sadosi yangrab, chaqmoq chaqdi, zilzila boshlandi.

Oxirzamon karnaylari

6Yettita farishta qoʻllaridagi karnaylarni chalishga tayyorlandilar.

7Birinchi farishta karnayini chaldi. Shunda doʻl, olov va qon yer yuziga yogʻdirildi. Yerning uchdan bir qismi yonib ketdi, daraxtlarning uchdan biri va hamma oʻt–oʻlanlar kuyib ketdi.

8Ikkinchi farishta karnayini chaldi. Shunda lovullab yonayotgan ulkan toqqa oʻxshash bir narsa dengizga otildi. Dengizning uchdan bir qismi qonga aylandi. 9Dengizdagi jonzotlarning uchdan bir qismi oʻldi, kemalarning uchdan bir qismi halokatga uchradi.

10Uchinchi farishta karnayini chaldi. Shunda osmondan ulkan bir yulduz tushdi. Mashʼala boʻlib yonayotgan bu yulduz daryolarning uchdan bir qismiga va suv buloqlariga tushdi. 11Bu yulduzning nomi Erman
Erman — taʼmi achchiq oʻsimlik, kulfat va qaygʻu ramzi.
edi. Suvlarning uchdan bir qismi achchiq boʻldi. Achchiq suvdan koʻp odamlar oʻldi.

12Toʻrtinchi farishta karnayini chaldi. Quyoshning uchdan bir qismi, oyning va yulduzlarning uchdan bir qismi zarba yeb, qorongʻilashdi. Natijada kunduzning ham, tunning ham uchdan bir qismi yorugʻlikdan mahrum boʻldi.

13Keyin men boshim uzra uchib ketayotgan bir burgutni
burgut — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida farishta.
koʻrdim. U baland ovozda shunday deganini eshitdim: “Yer yuzida yashayotganlarning holiga voy! Holiga voy! Holiga voy! Axir, qolgan uchta farishta hozir karnaylarini chalishadi.”
Copyright information for UznUzbL