‏ Revelation of John 9

Beshinchi karnay: jahannam qaʼridan chiqqan chigirtkalar

1Beshinchi farishta karnayini chaldi. Shunda men osmondan yerga tushgan bir yulduzni
yulduz — majoziy maʼnoda farishtaga ishora (20:1 ga qarang).
koʻrdim. Unga jahannam qaʼrining kaliti berilgan edi.
2U jahannam qaʼrini ochdi. Ulkan oʻchoqdan chiqayotganday, jahannam qaʼridan tutun burqirab chiqdi. Bu tutundan quyosh va havo qorongʻilashib ketdi. 3Tutundan chigirtkalar
chigirtkalar — haqiqiy chigirtkalar emas, chigirtkaga oʻxshagan bir mavjudot. Chigirtkalar baʼzan toʻda–toʻda boʻlib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar yetkazadigan hasharot. Ular katta talafot timsoli edi, shuning uchun majoziy maʼnoda katta lashkarga ishora qiladi.
chiqib, yer yuziga tarqaldi. Ularga yerdagi chayonlarning kuchiga oʻxshash bir kuch berilgan edi.
4Chigirtkalarga: “Yer yuzidagi oʻt–oʻlanlarga, bironta oʻsimlik yoki daraxtga tegmanglar”, deb aytilgan edi. Ular faqat peshanalarida Xudoning muhri
Xudoning muhri — 7:1-8 ga qarang.
boʻlmagan odamlarga zarar yetkazishlari mumkin edi.
5Odamlarni oʻldirish chigirtkalarga man etilgandi. Ular odamlarga besh oy davomida azob berishlari kerak edi. Bu azob chayon chaqqandagi azobga oʻxshardi. 6Oʻsha besh oy davomida odamlar oʻlim izlaydilar, ammo topolmaydilar. Oʻlimni orzu qiladilar, ammo oʻlim ulardan qochadi.

7Chigirtkalarning koʻrinishi jangga shaylangan otlarga oʻxshar edi. Ularning boshida oltin tojga oʻxshagan narsalar bor, yuzlari esa odamsimon edi. 8Sochlari ayollarning sochiga, tishlari esa arslon tishiga oʻxshar edi. 9Koʻkraklari temir sovutday edi. Qanotlarining tovushi esa urushga yelib borayotgan tumonat jang aravalarining tovushini eslatardi. 10Chayonlarnikiga oʻxshash dumlari va nishlari bor edi. Insonlarga besh oy davomida zarar yetkazish uchun olgan kuch–qudrati oʻsha dumlarida edi. 11Ularga jahannam qaʼrining farishtasi hukmronlik qilardi. Bu farishtaning oti ibroniychada Abaddoʻn, yunonchada Apollion, yaʼni “halok qiluvchi” demakdir.

12Birinchi halokat oʻtdi, bundan keyin yana ikkita halokat bor.

Oltinchi karnay: otliq qoʻshinlar

13Oltinchi farishta karnayini chaldi. Shunda men Xudo huzuridagi oltin qurbongohning toʻrtta shoxi
oltin qurbongohning toʻrtta shoxi — qurbongohning tepasidagi toʻrt burchagidan toʻrtta shox boʻrtib chiqqan edi. Lugʻatdagi QURBONGOH soʻzi ostida berilgan TUTATQI QURBONGOHI iborasiga ishlangan rasmga qarang.
tomonidan kelayotgan bir ovozni eshitdim.
14Bu ovoz karnay tutgan oltinchi farishtaga shunday dedi: “Buyuk Furot daryosi boʻyida bogʻlab qoʻyilgan toʻrt farishtani yechib yubor!”

15Bu toʻrtta farishta oʻsha soat, oʻsha kun, oʻsha oy va oʻsha yil uchun saqlab kelingan edi. Ular insoniyatning uchdan bir qismini qirib tashlash uchun boʻshatildi. 16Ular ikki yuz millionlik otliq qoʻshinni boshqarishardi, men ularning sonini eshitdim. 17Men koʻrgan vahiydagi otlar bilan suvorilarning koʻrinishi quyidagicha edi: suvorilarning sovutlari olovday qizil, toʻq koʻk va oltingugurtday sariq rangda edi. Otlarning boshi arslon boshiga oʻxshar, ogʻizlaridan olov, tutun va oltingugurt otilib chiqardi. 18Insoniyatning uchdan bir qismi shu uch balodan — olov, tutun va oltingugurtdan oʻldi. 19Otlarning kuchi ham ogʻzida, ham dumlarida edi. Ularning dumlari ilonlarga oʻxshardi. Bu ilonlar odamlarni chaqib, jarohatlardi.

20Bu balolardan omon qolgan insonlar esa oʻzlari yasagan butlaridan voz kechmadilar, jinlarga sigʻinishdan qaytmadilar. Koʻrmaydigan, eshitmaydigan, yurmaydigan oltin, kumush, bronza, tosh va yogʻoch butlarga sajda qilaverdilar. 21Qotilliklaridan, issiq–sovuq qilishdan, fahsh–zino va oʻgʻriliklaridan qaytmadilar.
Copyright information for UznUzbL