Romans 10
Najot hamma uchun
1Birodarlarim, men oʻz xalqim Isroilning najot topishini chin dildan istayman va bu uchun Xudoga iltijo qilaman. 2Axir, oʻzim guvohman: ular jon–jahdlari bilan Xudoga berilganlar, ammo haqiqiy tushunchaga ega emaslar. 3Xudoning insonlarni oqlash yoʻlini tushunmasdan, oʻzlarini oqlash niyatida, ular Xudoning haq yoʻliga boʻysunmadilar. 4Iso Masih esa qonunning maqsadini amalga oshirdi, shu tariqa hamma imon orqali oqlanadi. 5Qonun orqali oqlanish haqida Muso quyidagicha yozgan edi: “Xudoning qonun–qoidalariga rioya qilgan odam hayotdan bahramand boʻladi.” ▼▼ Levilar 18:5 ga qarang.
6– 7Imon orqali oqlanish haqida esa Muqaddas bitiklarda nima deb yozilgan? “Yuragingizda: «Kim osmonga chiqadi? Kim tubsiz chuqurlikka tushadi?» deya soʻramanglar”, deb yozilgan ▼▼ …deb yozilgan — bu oʻrinda Pavlus Qonunlar 30:12-13 ni nazarda tutgan.
. Demak, Masihni yerga tushirish uchun hech kim osmonga chiqishi shart emas, Masihni tiriltirish uchun ham hech kim oʻliklar diyoriga ▼▼ oʻliklar diyori — yahudiylar bu joyni, yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy, deb tushunardi.
tushishi shart emas. 8Axir, Muqaddas bitiklarda yana shunday yozilgan: “Bu kalom sizning yaqiningizdadir, ogʻzingizda va yuragingizdadir.” ▼▼ Qonunlar 30:14 ga qarang.
Biz vaʼz qilayotgan imon haqidagi kalom ana shudir. 9Agar oʻz ogʻzingiz bilan Isoni Rabbim deb eʼtirof etib, Xudo Uni oʻlikdan tiriltirganiga chin yurakdan ishonsangiz, najot topasiz. 10Chunki inson qalbidan ishonib oqlanadi va ogʻzi bilan eʼtirof etib najot topadi. 11Muqaddas bitiklarda yozilganday: “Unga ishongan hech bir inson uyatga qolmaydi.” ▼▼ Ishayo 28:16 ga qarang.
12Yahudiylar bilan gʻayriyahudiylar orasida aslo farq yoʻq. Ularning Rabbiysi bir boʻlib, Unga iltijo qilganlarning birontasidan U Oʻz mehr–shafqatini ayamaydi. 13Axir, “Rabbimizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi” ▼▼ Yoʻel 2:32 ga qarang.
, deb yozilgan–ku. 14Ammo Rabbimiz Isoga ishonmaganlar qanday qilib Unga iltijo qiladilar?! U haqda eshitmagan boʻlsalar, qanday qilib Unga ishonadilar?! Hech kim ularga Xushxabarni eʼlon qilmasa, qanday qilib eshitadilar?! 15Ularni hech kim yubormasa, qanday qilib Xushxabarni eʼlon qiladilar?! Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan–ku: “Xushxabarni eʼlon qilgan xabarchining qadamlari naqadar goʻzal!” ▼▼ Ishayo 52:7 ga qarang.
16Ammo Xushxabarga hamma ham ishonmadi. Ishayo ham shunday degan–ku: “Ey Egam, bizning xabarimizga kim ishondi?” ▼▼ Ishayo 53:1 ga qarang.
17Demak, imon tinglashdan, yaʼni Masih haqidagi Xushxabarni eshitishdan kelib chiqadi. 18Mening bir savolim bor. Xoʻsh, ular eshitmaganmidi? Albatta eshitganlar, chunki “xabarchilarning ovozlari har tomonga tarqaldi, xabarlari olamning chetigacha yetib bordi” ▼▼ Zabur 18:5 ga qarang.
, deb yozilgan–ku. 19Bundan yana bir savol kelib chiqadi. Xoʻsh, Isroil xalqi xabarni tushunmadimi? Muso orqali Xudo shunday degandi:“Men ham xalq boʻlmaganlar bilan ularning rashkini keltiraman,Aqlsiz bir xalq bilan gʻazabini qoʻzgʻataman.” ▼
▼ Qonunlar 32:21 ga qarang.
20Ishayo ham Xudoning soʻzlarini jasorat bilan yetkazgan:“Meni izlamaganlar topdi,
Meni soʻramaganlarga koʻrindim.” ▼
▼ Ishayo 65:1 ga qarang.
21Isroil xalqi haqida esa shunday deydi:“Itoatsiz va oʻjar xalqni
Kun boʻyi quchoq ochib kutdim.” ▼
▼ Ishayo 65:2 ga qarang.
Copyright information for
UznUzbL