Romans 14
Birodaringni hukm qilma
1Imoni sust boʻlganlarni ▼▼ Imoni sust boʻlganlar — Rim jamoatidagi Iso Masihga ishongan yahudiylarga ishora boʻlishi mumkin. Rim jamoati asosan gʻayriyahudiylardan iborat edi. Bu jamoatdagi yahudiylar Tavrotdagi qonun–qoidalarga (oziq–ovqatga, Shabbat kuniga oid va hokazolarga) rioya qilmasalar, oʻzlarini noqulay his qilardilar. Pavlus “imoni sust” deganda ularning qonun–qoidalar yuzasidan vijdonan qaror chiqara olmasliklarini nazarda tutadi. Jamoatdagi baʼzilar esa imoni tufayli har qanday oziq–ovqatni yeyish mumkin deb bilardi va bundan ularning vijdoni qiynalmasdi. Pavlus, bu ikki toifa imonlilar ham Masihga birday bagʻishlangan, deb tasdiqlaydi (yana shu bobning 5-6–oyatlariga qarang).
imonlilar qatoriga qabul qiling, ularning fikrlari yuzasidan bahslashmang. 2Zero, baʼzilar, hamma narsani tanovul qilib boʻladi, deb ishonadi, baʼzi imoni sustlar esa faqat sabzavot yeydi. 3Hamma narsani yeydigan odam, har qanday narsani yemaydigan odamdan nafratlanmasin. Shuningdek, har narsani ham yeyavermaydigan odam, hamma narsani yeydigan odamni hukm qilmasin, chunki Xudo uni imonlilar qatoriga qabul qilgan. 4Sen kim boʻlibsanki, birovning xizmatkorini tergaysan? Xizmatkorning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ish qilganini uning xoʻjayini tasdiqlaydi–ku! Xoʻjayin xizmatkorni boshqargani uchun xizmatkor toʻgʻri ish qiladi, bu xoʻjayin Rabbimiz Isodir ▼▼ Rabbimiz Iso — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Xudo.
. 5Ayrim odamlar bir kunni boshqa kundan ustunroq hisoblaydilar, yana boshqa bir odamlar esa kunlarning hammasini baravar deb hisoblaydilar. Har bir kishi oʻz fikrida mahkam tursin. 6Biror kunni boshqasidan ustun deb bilgan odam Rabbimiz Isoni ulugʻlash uchun shunday qiladi ▼▼ Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida shu jumladan keyin quyidagi soʻzlar qoʻshimcha qilingan: Shuningdek, kunlarga eʼtibor bermaydigan ham Rabbimizni ulugʻlash niyatida shunday qiladi.
. Hamma narsani yeyish mumkin deb bilgan odam ham Rabbimizni ulugʻlash uchun shunday fikrlaydi, chunki u ovqati uchun Xudoga shukur aytadi. Har narsani yemaydigan odam ham Rabbimizni ulugʻlash uchun shunday qiladi, u ham ovqati uchun Xudoga shukur aytadi! 7Zero, hech birimiz faqat oʻzimiz uchun yashamaymiz, faqatgina oʻzimiz uchun oʻlmaymiz. 8Axir, yashasak, hayotimiz bilan Rabbimiz Isoga shuhrat keltiramiz, oʻlsak ham, oʻz oʻlimimiz bilan Rabbimizga shuhrat keltiramiz. Demak, yashasak ham, oʻlsak ham, Rabbimizga tegishlimiz. 9Masih oʻliklarning hamda tiriklarning Rabbiysi boʻlish uchun oʻldi va oʻlikdan tirildi. 10Shunday ekan, nima uchun birodaringizni hukm qilyapsiz? Nima uchun birodaringizdan nafratlanyapsiz? Axir, hammamiz Xudoning ▼▼ Xudo — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Masih.
hukm kursisi oldida turib, javob beramiz–ku! 11Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan:“Egamiz shunday demoqda:«Men barhayot Xudo boʻlganim haqi aytamanki ▼
▼ Ishayo 49:18 ga qarang.
,Mening oldimda har bir odam tiz choʻkadi,
Har bir til Menga hamdu sano aytadi.»” ▼
▼ Ishayo 45:23 ga qarang.
12Demak, har birimiz Xudoning oldida oʻzimiz uchun javobgarmiz.
Birodarlar bilan tinch–totuv yashash haqida
13Shuning uchun endi bir–birimizni hukm qilmaylik. Aksincha, birodarlaringizning yoʻliga gʻov qoʻymaslikka, uni vasvasaga solmaslikka qaror qilinglar. 14Men Rabbim Isoga tegishli boʻlganim uchun qatʼiy aminmanki, hech bir narsa oʻzidan–oʻzi harom emas. Ammo kimdir biror narsani harom hisoblasa, oʻsha narsa u uchun haromdir. 15Agar sizlar biror narsa yeb, birodaringizni xafa qilayotgan boʻlsangiz, mehr–muhabbat bilan ish tutmayotgan boʻlasiz. Masih bu odam uchun oʻlgan, yegan ovqatingiz bilan oʻsha odamni halokatga yoʻliqtirmang. 16Siz yaxshi deb bilgan narsa haqida boshqalar yomon gap gapirmasin. 17Xudoning Shohligi ovqat va ichimlikdan emas, balki Muqaddas Ruh ato qiladigan solihlik, tinchlik va quvonchdan iborat. 18Masihga shu tarzda xizmat qilgan odam Xudoni ham mamnun qiladi, insonlarning ham maqtoviga sazovor boʻladi. 19Shuning uchun oʻzaro tinch–totuv yashash va bir–birimizning imonimizni mustahkamlash harakatida boʻlaylik. 20Yegulikni deb, Xudoning ishiga putur yetkazmanglar! Toʻgʻri, hamma narsa halol, ammo biror narsani yeb, birodarini vasvasaga solgan odam notoʻgʻri ish qilgan boʻladi. 21Goʻsht yeyish, sharob ichish yoki shunga oʻxshash ishlar birorta birodarni vasvasaga solayotgan boʻlsa, bularni qilmaslik yaxshidir. 22Bu masaladagi fikringizni Xudoning Oʻzi hukm qilsin. Tutgan yoʻlini hukm qilmagan odam baxtiyordir. 23Biror narsani yeyish haqida ikkilanib turib, baribir yeyishga qaror qilgan odam hukmga duchor boʻlishi muqarrar, chunki u oʻz ishonchiga koʻra, ish tutmagan boʻladi. Ishonchga asoslanmasdan qilingan har bir ish esa gunohdir ▼▼ Yunoncha matndan. Bu matndagi 16:25-27 oyatlar baʼzi yunon qoʻlyozmalarida mazkur bobga 24-26–oyatlar boʻlib, qoʻshimcha qilingan.
.
Copyright information for
UznUzbL