‏ Romans 16

Soʻnggi salomlar

1Men Kenxreya shahridagi
Kenxreya shahri — bandargoh shahar boʻlib, Korinfdan qariyb 10 kilometr sharqda joylashgan.
jamoatda xizmat qilayotgan opamiz
opamiz — ularning tugʻishgan opasi emas, balki imonli ayollarga shunday murojaat qilingan (shu bobning 7, 12–oyatida ham bor).
Fivani sizlarga tanishtiray
…opamiz Fivani sizlarga tanishtiray — bu maktubni Rimdagi imonlilarga Fiva olib borgan boʻlishi mumkin.
.
2Sizlar Xudoning azizlarisiz, shuning uchun Rabbimiz Iso haqi Fivani mehmondoʻstlik bilan qabul qilinglar. U nimaga muhtoj boʻlsa, yordam beringlar. Zero, u koʻplarga, ayniqsa, menga koʻp yordam koʻrsatgan.

3Priskilla va Akilga salom aytinglar, ular men qatori Iso Masihga xizmat qilyaptilar. 4Ular mening jonimni asrab qolish uchun oʻzlarini oʻlim xavfi ostiga qoʻydilar. Nafaqat men, balki gʻayriyahudiylardan iborat boʻlgan jamoatlar ham ulardan minnatdorlar. Ularning uyida yigʻiladigan jamoatga ham salom aytib qoʻyinglar. 5Asiya viloyatidagilar orasida birinchi boʻlib Masihga imon keltirgan aziz doʻstim Epanetusga salom ayting. 6Sizlar
Sizlar — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida biz.
uchun koʻp mehnat qilgan Maryamga salom aytinglar.
7Birodarimiz Andronikus va opamiz Yuniyaga
opamiz Yuniya — yoki birodarimiz Yuniyas, ammo koʻp olimlarning taxmini boʻyicha bu yunoncha ismi ayol kishiga nisbatan ishlatilgan. Yuniya Andronikusning xotini yoki opasi yo singlisi boʻlishi mumkin.
salom aytinglar. Ular men bilan birga hibsda boʻlgan qondoshlarimdir. Bu obroʻli havoriylar
Bu obroʻli havoriylar… — yoki Ular havoriylar orasida nom chiqarganlar va….
mendan oldin Masihga imon keltirgan edilar.
8Rabbimiz Iso tufayli mening aziz doʻstim boʻlib qolgan Ampliatusga salom ayting. 9Masih xizmatida hamkorimiz boʻlgan Urbanus va aziz doʻstim Staxisga salom ayting. 10Masihga sodiqligini isbotlagan Apellisga salom ayting. Aristovulus xonadoniga ham salom aytib qoʻying. 11Qondoshim Hirodionga salom ayting. Narkis xonadonidagi Rabbimiz Isoga tegishli boʻlganlarga ham salom aytib qoʻying. 12Rabbimizga jonu dili bilan xizmat qilayotgan opalarimiz Trifena bilan Trifosaga salom aytinglar. Rabbimizga astoydil xizmat qilayotgan aziz opamiz Persisaga ham salom ayting. 13Rabbimizning tanlangan xizmatkori Rufusga va menga onaday boʻlib qolgan uning onasiga ham salom ayting. 14Asinkritus, Flegon, Xermes, Patrovas, Xarmas va ular bilan birga boʻlgan birodarlarga salom aytinglar. 15Filologus bilan Yuliyaga, Nerus va uning singlisiga
singlisi — yoki opasi.
, Olimpas hamda ular bilan birga boʻlgan barcha aziz birodarlarga salom aytinglar.
16Bir–biringiz bilan oʻpishib koʻrishinglar. Barcha Masih jamoatlari sizlarga salom yoʻllayaptilar.

Soʻnggi pand–nasihatlar va tilaklar

17Sizlarga yolvoraman, olgan taʼlimotingizdan aynitib, orangizga nizo va gʻulgʻula soladigan odamlardan ehtiyot boʻlinglar. Ulardan oʻzingizni olib qochinglar. 18Axir, bunday odamlar Rabbimiz Iso Masihning emas, balki oʻz nafsining qulidirlar. Ular shirin soʻzlaru xushomadgoʻylik bilan sofdil insonlarni yoʻldan ozdiradilar. 19Sizlarning Xudoga boʻlgan itoatkorligingiz hammaga maʼlum. Men sizlardan juda xursandman, ammo yaxshilikka kelganda dono, yomonlikka kelganda esa norasida boʻlishingizni istayman. 20Tinchlik manbai boʻlgan Xudoning Oʻzi tez orada shaytonni oyoqlaringiz ostida ezib tashlaydi. Rabbimiz Isoning inoyati sizlarga yor boʻlsin.

21Mening hamkorim Timoʻtiy hamda qondoshlarim Lukiyos, Yason va Sosipatrus sizlarga salom yoʻllayaptilar. 22Bu maktubni qogʻozga tushirayotgan, Rabbimizning quli men — Tertiyusdan
Bu maktubni qogʻozga tushirayotgan…Tertiyus… — Pavlusning maktubini shu kotib yozgan. Qadimgi paytlarda bu odatiy hol edi.
ham sizlarga salom.
23 24Butun jamoatga mehmondoʻstlik koʻrsatadigan va hozirda mening mezbonim boʻlgan Gayus sizlarga salom aytyapti. Shahar xazinaboni Erastus va birodarimiz Kvartus ham salom yoʻllayaptilar
Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar 24–oyatni tashkil etib, qoʻshimcha qilingan: Rabbimiz Iso Masihning inoyati hammangizga yor boʻlsin. Omin. Yana shu bobning 25-27–oyatlari izohiga qarang.
.

25Men bayon qilayotgan Xushxabarga, yaʼni Iso Masihning Xushxabariga binoan sizlarni imonda sobit qadam qilishga qodir boʻlgan Xudoga hamdu sanolar boʻlsin! Bu Xushxabar qadimdan sir tutilgan edi, endi esa u ochildi. 26Ha, bu sir oshkor qilindi va paygʻambarlarning bitiklari
paygʻambarlarning bitiklari — Eski Ahd toʻplami nazarda tutilgan.
orqali, Xudoning amri boʻyicha barcha xalqlarga ayon boʻldi, toki ular ham imon orqali Xudoga itoatkor boʻlsinlar.
27Donolik sohibi boʻlgan yagona Xudoga Iso Masih orqali to abad shon–sharaflar boʻlsin! Omin!
Yunoncha matndan. Shu bobning 25-27–oyatlari baʼzi yunon qoʻlyozmalarida 14:24-26 oyatlar boʻlib kelgan.
Copyright information for UznUzbL