Romans 9
Xudo tanlagan xalq
1Men Iso Masihga tegishli boʻlganim uchun haqiqatni aytyapman, yolgʻon gapirmayman. Bu haqda vijdonim ham Muqaddas Ruh orqali shahodat beryapti. 2Oʻz xalqim uchun chuqur qaygʻuga botgan yuragim muttasil alam chekmoqda. 3Oʻz qondoshlarim haqi, Xudoning laʼnati ostida qolib, Masihdan ajralishga ham rozi boʻlardim. 4Ular Isroil xalqidir. Xudo ularni Oʻziga farzand ▼▼ farzand — Chiqish 4:22-23, Yeremiyo 31:9, Xoʻsheya 11:1 ga qarang.
qilib olish uchun tanladi. Oʻzining ulugʻvorligini ularga namoyon qilib, ular bilan ahdlar ▼▼ ahdlar — Xudoning Isroil xalqi va ularning ota–bobolari bilan qilgan ahdlariga ishora (Ibtido 15:18, 17:1-14, Chiqish 19:1-8, 2 Shohlar 7:8-16, Yeremiyo 31:31-34 ga qarang).
tuzdi. Ularga Oʻz qonunini berib, ularni Oʻzining xizmatiga tayinladi hamda ularga Oʻz vaʼdalarini berdi. 5Ular ulugʻ ota–bobolardan kelib chiqqan, Masih ham jisman Isroil xalqidan kelib chiqqan. Butun borliq ustidan hukmdor boʻlgan Xudoga abadiy hamdu sanolar boʻlsin ▼▼ Butun borliq ustidan hukmdor boʻlgan Xudoga abadiy hamdu sanolar boʻlsin — yoki Masih butun borliq ustidan Hukmdor, abadiy hamdu sanolarga sazovor boʻlgan Xudodir.
. Omin! 6Xudo Oʻz soʻzida turmadi, demoqchi emasman. Ammo Isroil xalqining hammasi ham Xudoning xalqi emasdir. 7Shunga oʻxshab, Ibrohimdan tugʻilganlarning hammasi ham Ibrohimning asl zurriyoti deb hisoblanmaydi. Axir, Xudo Ibrohimga: “Sening nasling Isʼhoq orqali kelib chiqadi” ▼▼ Ibtido 21:12 ga qarang.
, deb aytgan–ku! 8Demak, jismoniy jihatdan Ibrohimning farzandlari boʻlganlarning hammasi ham Xudoning farzandlari emasdirlar. Faqatgina Xudo bergan vaʼdaning natijasida ▼▼ …jismoniy jihatdan…Xudo bergan vaʼdaning natijasida… — Ibrohimning oʻgʻillari Ismoil va Isʼhoqning qay tarzda dunyoga kelganiga ishora (Ibtido 16:1-4, 15-16, 17:15-22, 21:1-7, Galatiyaliklar 4:22-23 ga qarang).
dunyoga kelganlar asl zurriyot hisoblanadi. 9Xudoning Ibrohimga bergan vaʼdasi quyidagicha edi: “Men kelgusi yili shu paytda kelganimda, xotining Sora oʻgʻilli boʻladi.” ▼▼ Ibtido 18:10 ga qarang.
10Oʻsha oʻgʻil bobokalonimiz Isʼhoq edi. Vaqti kelib, Isʼhoqning xotini Rivqo egizak oʻgʻillarga homilador boʻldi. 11– 12Farzandlar tugʻilmaslaridan avval, hali birorta yaxshi yoki yomon ish qilmaslaridan oldin Xudo Rivqoga: “Kattasi kichigiga xizmat qiladi” ▼▼ Ibtido 25:23 ga qarang.
, deb aytgandi. Bundan koʻrinib turibdiki, Xudo Oʻz maqsadini bajarish uchun insonlarni tanlaydi, tanlanish insonlarning ishlariga emas, balki Xudoning daʼvatiga bogʻliqdir. 13Axir, Muqaddas bitiklarda: “Men Yoqubni yaxshi koʻrib, Esovdan nafratlandim” ▼▼ Malaki 1:2-3 ga qarang.
, deb yozilgan–ku! 14Xoʻsh, bunga nima deymiz? Xudo adolatsizmi? Yoʻq, aslo! 15Xudo Musoga: “Marhamat qiladiganimga marhamat qilaman, shafqat qiladiganimga shafqat qilaman” ▼▼ Chiqish 33:19 ga qarang.
, deb aytgan. 16Shunday qilib, Xudoning mehr–shafqati inson xohishi va tashabbusiga emas, balki Xudoning irodasiga bogʻliq. 17Muqaddas bitiklarda yozilganiday, Xudo firʼavnga: “Senga qudratimni koʻrsatay, butun olamga shuhratimni yoyay deb, seni hukmdor qilib tayinladim” ▼▼ Chiqish 9:16 ga qarang.
, deb aytgan. 18Xullas, Xudo Oʻz xohish–irodasiga koʻra, ish yuritadi, bir insonga marhamat koʻrsatadi, boshqa birovning esa yuragini tosh qiladi. Xudoning gʻazabi va marhamati
19Shunda kimdir mendan: “Unda nima uchun Xudo bizni ayblaydi? Axir, kim ham Uning irodasiga qarshi chiqa olardi?” deb soʻrashi mumkin. 20Ey inson, sen kim boʻlibsanki, Xudoga gap qaytarsang?! Yaratilgan narsa yaratuvchisidan: “Nima uchun meni bunday qilib yaratding?” deb soʻraydimi?! 21Axir, kulol ham bir loy qorishmasidan har xil idishlar yasaydi–ku! Ularning baʼzilarini qutlugʻ bayram kunlarida ishlatiladigan qilishga, boshqalarini esa har kuni ishlatiladigan idish qilib qoʻyishga haqi yoʻqmi?! 22Toʻgʻri, Xudo Oʻz gʻazabi va qudratini jazo orqali koʻrsatishga haqlidir. Ammo jazoga mubtalo boʻladiganlarning halokatini orqaga surib, sabr–bardosh koʻrsatsa, nima boʻpti? 23Shunday qilib, Xudoning marhamatiga sazovor boʻlgan va Uning ulugʻvorligini baham koʻrishga belgilangan odamlarga Xudo Oʻz ulugʻvorligining naqadar boy ekanligini namoyon qiladi. 24Nafaqat yahudiylar orasidan, balki boshqa xalqlar orasidan tanlanganlar qatorida biz ham bormiz. 25Xoʻsheya kitobida Xudo shunday deb aytgan: “Mening xalqim boʻlmaganlarni «Oʻz xalqim» deb atayman. Oldin suyukligim boʻlmaganni «Suyukligim» deb aytaman ▼▼ Xoʻsheya 2:23 ga qarang.
. 26Ularga: «Xalqim emas», deb aytilgan boʻlsa, kelajakda ular «Barhayot Xudoning farzandlari» deb ataladi.” ▼▼ Xoʻsheya 1:10 ga qarang.
27Ishayo ham Isroil xalqi haqida shunday degan edi: “Isroil xalqining soni dengiz qumiday koʻp boʻlsa ham, ulardan faqatgina sanoqli odamlar qutqarilib, omon qoladi, 28chunki Egamiz dunyo ustidan chiqargan hukmini toʻla–toʻkis va tezda ijro etadi.” ▼▼ Muallif bu oʻrinda Ishayo 10:22-23 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
29Bulardan oldinroq Ishayo yana shunday deb aytgan edi:“Agarda Sarvari OlamQoldirmaganda edi bizga zurriyot,
Sadoʻm shahrining holiga tushar edik,
Gʻamoʻra shahriday ▼
▼ Sadoʻm shahri…Gʻamoʻra shahri — aholisining oʻta buzuqligi oqibatida Egamiz vayron qilgan ikkita shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang).
xonavayron boʻlardik.” ▼▼ Ishayo 1:9 ga qarang.
Isroil xalqi va oqlanish
30Xoʻsh, bular nimani bildiradi? Oqlanish payida boʻlmagan xalqlar endi imon tufayli Xudoning oldida oqlandilar. 31Isroil xalqi esa oqlanish niyatida qonunni bajarish payida boʻldilar, lekin maqsadlariga erisha olmadilar. 32Nima uchun? Chunki ular imon bilan emas, balki qonunni bajarish orqali oqlanishga urindilar. Ular Muqaddas bitiklarda tasvirlangan toshga qoqilib yiqildilar. 33Xudo Muqaddas bitiklarda shunday deb aytgan edi: “Men Quddusda ▼▼ Quddus — yunoncha matnda Sion. Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang.
bir tosh joylashtiryapman. Baʼzilar Unga qoqilib yiqiladilar, ammo Unga tayangan hech bir inson uyatga qolmaydi.” ▼▼ Ishayo 8:14, 28:16 ga qarang.
Bu tosh Iso Masihdir ▼▼ Bu tosh Iso Masihdir — yana 1 Butrus 2:4-8 ga qarang.
.
Copyright information for
UznUzbL