Song of Solomon 1
1Sulaymonning eng goʻzal qoʻshigʻi.Birinchi qoʻshiq
Qiz ▼▼ Qiz — kursiv bilan yozilgan sarlavhalar ibroniycha asl nusxada yoʻq. Bu sarlavhalar oʻquvchiga yordam sifatida kim gapirayotganini bildirish uchun mazkur tarjimaga kiritilgan. Asl nusxa matnining baʼzi joylarida kim gapirayotganini bildiradigan grammatik belgilar bor. Ammo kim gapirayotgani matnda har doim ham aniq emas.
: Oʻpgin meni lablaring bilan,Sening sevging sharobdan ham shirinroqdir.
2Atir moylaring qanchalik xushboʻy!
Yoqimli atir kabi noming har tarafga taralar.
Shuning uchun qizlar seni sevarlar.
3Meni oʻzing bilan olib ket, tezroq boraylik.
Ey shohim, meni oʻz yotogʻingga olib kirgin.
Quddus qizlari: Ey shohimiz, biz quvonamiz. Siz bilan sevinamiz,
Sharobdan ham koʻproq sizning sevgingizni maqtaymiz.
Qiz: Ey sevgilim! Qizlar seni sevib, toʻgʻri qilishadi.
4Ey Quddus qizlari!
Men qorachadan kelgan boʻlsam ham goʻzalman,
Kedar ▼
▼ Kedar — Arabiston sahrosidagi yerlar.
chodirlariday qora boʻlsam ham,Sulaymon pardalariday chiroylidirman.
5Qoraligim uchun menga past nazar bilan qaramanglar.
Quyosh nurlari meni qoraytirdi.
Aka–ukalarimning mendan jahli chiqib,
Meni uzumzorlar qorovuli qilib qoʻyishdi,
Ammo oʻz uzumzorimga ▼
▼ oʻz uzumzorim — koʻchma maʼnodagi ibora boʻlib, qiz oʻz qiyofasiga ishora qilyapti.
qaray olmadim!6Sevgilim, menga aytgin–chi,
Qayerda oʻz podangni boqasan?
Tush vaqti ularni qayerga yotqizasan?
Ayt menga, yana podachi doʻstlaring oldida
Uyatsiz ▼
▼ Uyatsiz — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi yuzi toʻsilgan. Qadimgi Isroilda fohishalar oʻzlarini tanitmaslik uchun, yuzlarini yopib yurganlar (Ibtido 38:14-15 ga qarang). Qiz axloqi buzuq ayolga oʻxshab qolmasligi uchun, yigitni choʻponlar orasidan qidirmoqchi emas.
ayollarday boʻlib yurmay, axir.Yigit: 7Qayerdaligimni bilmasang,
Ey goʻzallarning goʻzali,
Podaning izlaridan borgin.
Choʻponlarning chodirlari oldida
Oʻz echkilaringni oʻtlatgin.
8Ey sevgilim,
Sen firʼavn aravasiga qoʻshilgan uchqur otday goʻzalsan.
9Ziraklaring tufayli yonoqlaring goʻzaldir,
Marvaridlar boʻyningni qanday chiroyli qilar.
10Senga atab tilladan bezaklar,
Kumushdan taqinchoqlar yasattiraman.
Qiz: 11Shohim yonboshlab yotganda,
Atirlarim oʻz hidini taratdi.
12Koʻkraklarim orasida yotgan,
Xushboʻy mirraga ▼
▼ mirra — maʼlum bir daraxtlarning qotgan yelimidan tayyorlangan xushboʻy modda.
toʻla xaltacha kabidir mening sevgilim.13U men uchun En–Gedi ▼
▼ En–Gedi — Oʻlik dengizning gʻarbiy qirgʻogʻidagi bir voha.
bogʻlaridagiXina gullaridaydir.
Yigit: 14Goʻzaldirsan, ey sevgilim,
Sen goʻzalsan!
Koʻzlaring kabutar koʻzlariday nazokatlidir.
Qiz: 15Chiroylisan, ey sevgilim,
Juda ham xushroʻydirsan,
Yam–yashil maysalar bizning toʻshagimizdir.
16Sadr daraxtlari tomimiz boʻlsa,
Archalar tomimiz sinchlaridir.
Copyright information for
UznUzbL