Song of Solomon 2
Qiz: 1Men Sharon ▼▼ Sharon — Oʻrta yer dengizi boʻyidagi unumdor tekislik.
atirguliman ▼▼ atirgul — yoki zaʼfaron guli.
,Vodiylar nilufariman.
Yigit: 2Mening sevgilim qizlar orasida,
Tikanlar orasidagi nilufar gulidaydir!
Qiz: 3Mening sevgilim yigitlar orasida,
Oʻrmon daraxtlari orasidagi olma daraxtiday ajralib turar.
Men uning soyasida oʻtirib zavq olaman,
Uning mevasi juda shirindir.
4U meni oʻz mehmonxonasiga olib kirdi,
Meni oʻz sevgisi bilan qopladi.
5Mayizlar yedirib, menga kuch bergin,
Olmalar bilan quvvatga toʻldirgin,
Axir, sevgilimning ishqi dardida yonmoqdaman.
6Uning chap qoʻli boshim ostidadir,
Oʻng qoʻli bilan esa meni quchoqlaydi!
7Ey Quddus qizlari,
Kiyigu yovvoyi ohular ▼
▼ Kiyigu yovvoyi ohular — koʻchma maʼnodagi ibora boʻlib, romantik sevgiga yoki kuchli yigitlarga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin.
haqi ont iching.Vaqt–soati kelmaguncha,
Sevgini qoʻzgʻatmang, uygʻotmang.
Ikkinchi qoʻshiq
Qiz: 8Sevgilim ovozi eshitilyapti,Ana qaranglar, u kelyapti.
Togʻlaru qirlar osha kelyapti.
9Sevgilim ohuday, yosh kiyikdaydir.
Mana, u devor ortida turibdi.
Oynalardan moʻralab,
Panjaralar orasidan qarab turibdi.
10Sevgilim menga shunday deydi:
“Tura qol, sevgilim, oppogʻim,
Men bilan yurgin.
11Mana qish oʻtdi, yomgʻirlar toʻxtadi.
12Yer yuzi gullar bilan qoplanmoqda,
Yurt boʻylab kabutarlar kuyi eshitilmoqda,
Qoʻshiq kuylash vaqti yetib keldi.
13Anjir meva tugishni boshladi,
Toklar ham gulga kirdi.
Ular xushboʻy hidlarini taratmoqda.
Tura qol, sevgilim, oppogʻim,
Men bilan yurgin.”
Yigit: 14Sevgilim, sen togʻlarda yashaydigan,
Qoyalarda yashirinadigan kabutardaysan.
Yuzingni koʻrsatgin, ovozingni eshitay.
Ovozing juda shirin, yuzing goʻzaldir.
15Qarang, uzumzorimiz gullab yotibdi,
Kichkina tulkilarni ▼
▼ Kichkina tulkilar — koʻchma maʼnodagi ibora boʻlib, qiz va yigitning sevgisiga qarshilik koʻrsatadigan yoki ular nikohdan oʻtmagunlaricha munosabatlarini davom ettirishga toʻsqinlik qiladigan muammolarga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin.
ushlanglar.Axir, ular uzumzorlarni vayron qiladi.
Qiz: 16Sevgilim menikidir, men esa unikiman,
U nilufarlar terib, oʻz bogʻidan zavq oladi.
17Tong otmay turib, bora qol, jonim.
Baland togʻlarda sakraydigan ohu, kiyikday boʻlib,
Qorongʻilik chekinmasdan oldin, qaytib keta qol.
Copyright information for
UznUzbL