‏ Song of Solomon 3

Qiz: 1Kechqurun oʻrnimda yotganimda,
Butun qalbim bilan sevgan oshigʻimni qoʻmsadim.
Juda qoʻmsadim, lekin uni topolmadim.
2Endi turib, shaharga chiqaman.
Shahar maydonlariyu koʻchalarida yurib,
Sevgilimni izlayman.
Izladim–u, ammo uni topolmadim.
3Qoʻriqchilar shaharni kezib yurib,
Meni koʻrib qolishdi.
Ulardan: “Sevgilimni koʻrmadingizmi?” deb soʻradim.
4Ularning oldidan ketishim bilanoq,
Sevgilimni topdim.
Uni mahkam quchib, qoʻyib yubormadim.
Onamning uyiga olib keldim.
Uni oʻz tuqqan onamning xonasiga olib kirdim.
5Ey Quddus qizlari,
Kiyigu yovvoyi ohular
Kiyigu yovvoyi ohular — 2:7 izohiga qarang.
haqi ont iching.
Vaqt–soati kelmaguncha,
Sevgini qoʻzgʻatmang, uygʻotmang.

Uchinchi qoʻshiq

Quddus qizlari: 6Dashtda tutunday koʻtarilib,
Koʻrinayotgan narsa nimadir?
Undan attor rastasidagi barcha xushboʻy atirlarning hidi,
Mirra
Mirra — 1:12 izohiga qarang.
va xushboʻy tutatqilarning hidi kelib turibdi.
7Qaranglar, u Sulaymonning taxtiravonidir
taxtiravon — shoh, malika va oliy martabali kishilarni oʻtqazib, yelkada koʻtarib olib yurish uchun uzun dastalar ustiga oʻrnatilgan hashamdor oʻrindiq.
,
Uning atrofida oltmishta pahlavoni bor.
Ular Isroil xalqi orasidagi eng bahodir jangchilardir.
8Qilich oʻynatishda hammasi mohir,
Jangda ham juda mahoratlidirlar.
Tunda boʻladigan hujumlardan saqlanish uchun
Ularning hammasi qilich bilan qurollangan.
9Shoh Sulaymon oʻz taxtiravonini
Lubnon yogʻochlaridan yasattirgan.
10Bu taxtiravon dastalari kumushdan,
Orqasi tilladan yasalgan,
Oʻrindigʻiga esa safsar kimxob
kimxob — oʻrishi ipak, arqogʻi zardan toʻqilgan mato.
toʻshalgan.
Quddus qizlari taxtiravonning ichini
Muhabbat bilan bezatganlar.
11Chiqinglar, ey Sion qizlari!
Shoh Sulaymonga qaranglar.
Toʻyi kuni, yuragi shodlik bilan toʻlgan kuni
Onasi kiydirgan tojga qaranglar.
Copyright information for UznUzbL