‏ Song of Solomon 4

Yigit: 1Qanday goʻzalsan, ey sevgilim,
Qanchalik goʻzalsan!
Chachvoning ortidagi koʻzlaring
Kabutarlarday muloyimdir.
Gilad qirlaridan yoyilib tushayotgan
Qop–qora qoʻylardaydir sening sochlaring.
2Yuvib–taralgan, juni qirqiladigan,
Oppoq echkilardaydir sening tishlaring.
Har birining egizi bor,
Oʻrni hech boʻsh qolmagan.
3Lablaring qirmizi gʻunchalardaydir,
Ogʻzing ham juda goʻzal.
Chachvoning ortidagi yonoqlaring esa
Anorlarday qip–qizil.
4Boʻyning tik qurilgan Dovud minorasiday,
Marjonlaring tizim–tizim,
Jangchilarning minglarcha qalqonlaridaydir.
5Koʻkraklaring egizak kiyiklardaydir.
Ha, nilufarlar orasida oʻtlaydigan
Ikki kiyikdaydir ular.
6Qorongʻilik chekinmasdan oldin,
Tong otmay turib,
Oʻsha xushboʻy mirra
mirra — 1:12 izohiga qarang.
togʻiga,
Ziravorlar qiriga chiqaman.
7Har jihatdan goʻzaldirsan, sevgilim,
Senda hech qanday nuqson yoʻq.
8Kela qol, kelinchagim,
Lubnondan menga kel.
Emona va Sanir togʻlaridan,
Xermon togʻlariyu
Emona…Sanir…Xermon togʻlari… — Lubnon togʻlaridan sharqdagi togʻ tizmalarida joylashgan. Sanir togʻi Xermon togʻining qadimgi nomi edi (Qonunlar 3:9 ga qarang).
sherlar makonidan,
Qoplonlarning maskanidan tush.

9Ey jonim, kelinchagim,
Qalbimni asir qilding.
Koʻzlaringning nigohi bilan,
Boʻyningdagi marjoning bilan
Qalbimni asir qilding.
10Sevging qanday shirindir,
Ey jonim, kelinchagim.
Sening sevging sharobdan ham yaxshiroqdir.
Atir moylaring esa
Har qanday ziravordan ham xushboʻyroqdir.
11Kelinchagim, lablaringdan bol tomar.
Asal va sut tiling ostida,
Kiyimlaring hidi Lubnon hidiga oʻxshar.

12Jonim mening, kelinchagim.
Qulflangan bogʻ, devor bilan oʻralgan buloqdaysan,
Yopib qoʻyilgan chashmadaysan sen.
13Aʼlo mevalar beradigan
Anor bogʻiga oʻxshaysan.
Bu bogʻda xina va sunbullar oʻsadi.
14Ha, bu bogʻda sunbulu zaʼfaron,
Xushboʻy qamish va dolchin,
Har xil xushboʻy daraxtlar,
Mirra va aloe,
Eng aʼlo ziravorlar oʻsadi.
15Sevgilim, sen bogʻdagi chashmaga,
Hayotbaxsh suv bulogʻiga oʻxshaysan.
Lubnon togʻlarining oqar suvlaridaysan.
Qiz: 16Ey shimol shabadasi, qoʻzgʻal,
Janub shamoli, kelgin!
Bogʻimda esgin,
Toki bogʻimning xushboʻy hidlari
Hamma joyga taralsin.
Sevgilim oʻz bogʻiga kelib,
Aʼlo mevalaridan yesin.
Copyright information for UznUzbL