Song of Solomon 5
Yigit: 1Ey jonim, kelinchagim, bogʻimga kelib,Mirra ▼
▼ Mirra — 1:12 izohiga qarang.
va ziravorlarimni toʻplayman.Asalari mumini hamda asalimni yeyman,
Sut va sharobimni ichaman.
Toʻyguningcha yegin, sevgilim,
Sevgidan ichib, qoniqqin.
Toʻrtinchi qoʻshiq
Qiz: 2Uxladim, lekin yuragim uygʻoq edi.Ana, sevgilim chaqirmoqda:
“Ochgin eshigingni, jonim, sevgilim,
Kabutarim, komilim.
Boshim hoʻldir shudringdan,
Sochlarim esa tun shabnamidan.”
3Kiyimlarimni yechib qoʻyganman,
Qanday qilib yana kiyaman?!
Oyoqlarim yuvilgan,
Ularni kir qilaymi?!
4Sevgilim qoʻlini eshik teshigidan kirgizganda,
Butun vujudim titrab ketdi.
5Sevgilimni kirgizay, deya turdim.
Qoʻllarimdagi mirra,
Eshikning tutqichlariga oqib tushdi.
6Sevgilimga eshikni ochdim,
Lekin u ketib qolibdi.
U ketganiga yurak–bagʻrim ezildi ▼
▼ U ketganiga yurak–bagʻrim ezildi — yoki Uning ovozini eshitishga ham zor boʻldim.
.Qidirib, uni topa olmadim,
Chaqirdim, lekin u javob bermadi.
7Shaharni aylanib yurgan qoʻriqchilar
Meni koʻrib qoldilar.
Ular meni urib yaraladilar.
Oʻsha shahar qoʻriqchilari
Ustimdagi roʻmolimni olib qoʻydilar.
8Ey Quddus qizlari, vaʼda beringlar,
Sevgilimni topsangiz, aytib qoʻyinglar,
Uning ishqi dardida yonmoqdaman.
Quddus qizlari: 9Ey ayollar goʻzali,
Sevgilingning boshqalardan nimasi ortiq?!
Uning boshqalardan nimasi ortiqki,
Sen bizga, vaʼda beringlar, deb aytasan?!
Qiz: 10Sevgilim koʻhlik, chiroylidir,
Oʻn mingtaning ichida ajralib turar.
11Boshi eng aʼlo tilladay goʻzal,
Jingalak sochlari qargʻaday qop–qoradir.
12Koʻzlari esa buloqlar boʻyidagi kabutarlarday,
Chashmalar boʻyidagi, sutga choʻmdirilgan kaptarlardaydir.
13Uning yonoqlari muattar hidli
Ziravor bogʻlari kabi juda xushboʻydir.
Lablari esa mirra oqib turgan
Nilufarlar kabi shirindir.
14Qoʻllari tilladan yasalib,
Topaz toshlar bilan bezatilganga oʻxshaydi.
Tanasi esa zangori yoqutlar oʻrnatilgan
Tep–tekis fil suyagiday chiroylidir.
15Oyoqlari tilla taglikka oʻrnatilgan
Marmar ustunlari kabi kuchlidir.
Uning qiyofasi ulugʻvor Lubnonday,
Qudratli, aʼlo sadr daraxtlaridaydir.
16Uning ovozi juda shirin,
Oʻzi esa har jihatdan maftunkor.
Ey Quddus qizlari, mana shunday yigit
Mening sevgilim, doʻstimdir.
Copyright information for
UznUzbL