Song of Solomon 6
Quddus qizlari: 1Sevgiling qayerga ketdi,Ey goʻzallarning goʻzali?
Ayt–chi, qaysi tomonga yoʻl oldi?
Biz sen bilan uni qidiraylik.
Qiz: 2Sevgilim oʻz bogʻiga,
Xushboʻy ziravorlar bogʻiga ketdi.
U nilufar gullar terib,
Oʻz bogʻidan zavq olgani ketdi.
3Men sevgilimniki, sevgilim esa menikidir!
U nilufarlar terib, oʻz bogʻidan zavq oladi.
Beshinchi qoʻshiq
Yigit: 4Sen Tirza shahriday goʻzaldirsan, sevgilim,Quddus shahriday ▼
▼ …Tirza shahri…Quddus shahri… — bu shaharlar oʻz chiroyi bilan mashhur edi (Zabur 49:2 ga qarang). Keyinchalik Tirza shahri Isroilning, yaʼni shimoliy shohlikning birinchi poytaxti boʻldi (3 Shohlar 15:33, 16:8, 15, 23 ga qarang).
xushroʻydirsan,Bayroqlari koʻtarilgan qoʻshinday savlatlisan.
5Koʻzlaringni olib qoch mendan,
Ular meni maftun qilganlar.
Gilad qirlaridan yoyilib tushayotgan
Qop–qora qoʻylardaydir sening sochlaring.
6Yuvib–taralgan oppoq
Echkilardaydir sening tishlaring.
Har birining egizi bor,
Oʻrni hech boʻsh qolmagan.
7Chachvoning ortidagi yonoqlaring esa
Anorlarday qip–qizil.
8Ana, oltmishta malika, saksonta kanizak,
Son–sanoqsiz qizlar!
9Ammo mening kabutarim,
Komil sevgilim oʻzgachadir.
Onasining erkasi,
Tuqqan onasining yagonasidir.
Qizlar uni koʻrib, u baxtlidir, deyishadi,
Malikayu kanizaklar uni koʻrib, maqtashadi.
10Mahbubamning nigohlari tongdaydir.
Oʻzi esa toʻlin oyday goʻzal, quyoshday yorqin,
Bayroqlari koʻtarilgan qoʻshinday savlatlidir.
11Men bodomzorga,
Vodiy chechaklarini koʻrishga bordim.
Toklaru anorlar gullaganmikin, deya bordim.
12Shohona aravada oʻtirganday,
Hayajondan titrar edim.
Copyright information for
UznUzbL