Song of Solomon 7
Quddus qizlari: 1Qaytgin, qaytib kelgin, ey Shulamlik ▼▼ Shulamlik — Shulam nomaʼlum bir joy yoki komil maʼnosini bildiradigan bir soʻz ham boʻlishi mumkin.
qiz!Qaytib kel, seni yana bir bor koʻraylik.
Yigit: Nima uchun bu Shulamlik qizga qaraysizlar?!
U ikki qator qizlar orasida raqsga tushyaptimi?!
2Ey malikaga oʻxshagan qiz!
Kafsh kiygan oyoqlaring qanday chiroyli!
Doʻmboq sonlaring javohirlarday,
Xuddi mohir ustaning qoʻli bilan ishlanganday!
3Doimo xushboʻy sharobga toʻla boʻlgan,
Dum–dumaloq kosadaydir sening kindiging.
Yumaloq qorning esa nilufarlar bilan oʻralgan,
Tillarang bugʻdoy uyumi kabidir.
4Koʻkraklaring egizak kiyiklardaydir.
5Fil suyagidan qurilgan minoraday goʻzaldir boʻyning,
Batrabim darvozasi yonidagi
Xashbon ▼
▼ Xashbon — Amor shohi Sixoʻn hukmronligi davrida bu shahar poytaxt boʻlgan (Sahroda 21:26 ga qarang). Bu shahar Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi. Buloqlar koʻpligidan u yerda suv doim moʻl–koʻl edi.
buloqlariday yorqindir koʻzlaring.Burning esa Damashq shahriga qaragan
Lubnon minorasiday tekisdir.
6Boshing Karmil togʻiday ▼
▼ Karmil togʻi — Isroildagi eng baland togʻlardan biri. Bu togʻ unumdorligi va goʻzal tabiati bilan mashhur edi.
baland turadi,Soching kimxobday goʻzal,
Hatto shoh ham unga asirdir.
7Qanday goʻzal va xushroʻysan,
Huzurbaxsh sevgilim mening.
8Palma daraxtiday savlatlisan,
Koʻkraklaring uning mevalariday toʻliqdir.
9Men shunday dedim: “Palma daraxtiga chiqib,
Mevalaridan ushlayman.”
Koʻkraklaring men uchun uzumday mazali,
Nafasing esa olmalarday shirin boʻlsin.
10Oʻpichlaring eng aʼlo sharobday shirindir,
Bunday sharob lab va tishlar orasidan tekis oʻtadi ▼
▼ …lab va tishlar orasidan tekis oʻtadi — qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …uxlayotganlarning lablari ustidan mayingina oʻtadi.
.Qiz: 11Men sevgilimnikiman,
U faqat meni qoʻmsaydi.
12Kelgin, sevgilim, dalalarga boraylik.
Xina gullari orasida ▼
▼ Xina gullari orasida… — yoki Qishloqlar orasida….
yotib qolaylik.13Vaqtli turib, uzumzorlarga kiraylik.
Ular gulga kirdimikin?!
Toklaru anorlar gullaganmikin?!
Oʻsha yerda men senga oʻz sevgimni toʻla koʻrsataman.
14Mehrigiyolar ▼
▼ Mehrigiyolar — qadimda odamlar, bu oʻsimlikning mevalari jinsiy xohishni kuchaytirib, ayolning homilador boʻlishiga imkoniyat yaratadi, deb ishonishardi.
hid taratib turibdi.Eshigimiz tepasiga har xil mevalardan osib,
Sen uchun saqlab qoʻydim, sevgilim.
Copyright information for
UznUzbL