‏ Zechariah 3

Toʻrtinchi vahiy: oliy ruhoniy va shayton

1Keyin farishta menga Egamizning farishtasi oldida oliy ruhoniy Yoshua turganini koʻrsatdi. Yoshuaning oʻng tomonida esa shayton
shayton — ibroniychadagi maʼnosi ayblovchi.
uni ayblab turgan edi.
2Egamiz shaytonga shunday dedi:

— Ey shayton! Gaplaringning hammasi yolgʻon! Men Quddusni tanlagan Egangman. Men senga aytaman, gaplaring yolgʻon! Axir, bu kishi alangadan qutqarilgan bir oʻtin parchasiday emasmi?!

3Yoshua farishtaning oldida kir kiyimlarda turar edi. 4Farishta atrofida turganlarga
atrofida turganlar — oʻsha yerdagi farishtalarga ishora boʻlsa kerak.
:

— Uning kir kiyimlarini yechinglar, — dedi. Yoshuaga esa:

— Mana, qara, Men sening gunohlaringni olib tashladim, — dedi. — Endi senga toza, bayramlarda kiyadigan yangi kiyimlarni kiydiraman.

5Keyin men:

— Uning boshiga toza salla kiydiringlar, — dedim. Uning boshiga toza salla, ustiga esa yangi kiyim kiydirishdi. Egamizning farishtasi uning yonida turar edi.

6Keyin Egamizning farishtasi Yoshuani ogohlantirib, shunday dedi:

7— Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Agar sen Mening yoʻlimdan yurib, talablarimni bajarsang, Mening uyimda, Maʼbadim hovlilarida bosh boʻlasan. Senga shu yerda turganlar orasidan joy beraman
Senga shu yerda turganlar orasidan joy beraman — yaʼni oʻsha yerdagi farishtalarga oʻxshab, Yoshua ham Xudoga xizmat qilish va Xudoning huzuriga kirish sharafiga muyassar boʻlar edi.
.
8Ey oliy ruhoniy Yoshua, quloq sol! Oldingda turgan ruhoniylar ham quloq solishsin. Sizlar kelajakda sodir boʻladigan voqealarning ramzisizlar. Men ismi «Novda»
«Novda» — Dovud avlodidan kelib chiqadigan shohga, yaʼni Masihga nisbatan ishlatilgan unvon (Ishayo 11:1, Yeremiyo 23:5, 33:15 ga qarang). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang.
boʻlgan xizmatkorimni zohir qilaman.
9Men Yoshuaning oldiga bir tosh qoʻydim. Mening yetti koʻzim oʻsha toshga qadalgan. Bu toshning ustiga Men yozuv yozaman, — demoqda Sarvari Olam. — Mana shu yurtning gunohini bir kunda olib tashlayman. 10Oʻsha kuni sizlar qoʻni–qoʻshnilaringizni chaqirib, oʻz uzumzorlaringizda va anjir daraxtlaringiz tagida oʻtirasizlar.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
Copyright information for UznUzbL